
"Tokio-2020" Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekistondan nechta sportchi ishtirok etadi?
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berar ekan, joriy yil Tokio shahrida o‘tkaziladigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga ko‘rilayotgan rejalar haqida ham gapirdi.
"Joriy yilda xorijiy davlatlar malakasidan unumli foydalanish va o‘zaro tajriba almashish maqsadida 13 ta davlatdan 17 ta sport turi bo‘yicha 23 nafar professional trener va mutaxassis taklif etiladi.
O‘zbekiston terma jamoalari sportchilari tomonidan Tokio Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga jami 110 ta lizentsiya qo‘lga kiritish rejalashtirilmoqda. Bu "Rio-2016"dan 10 foizga ko‘p deganidir", - dedi MOQ raisi.
Fikrlar