
Tokio-2020. Miraziz Mirzahalilov irlandiyalik bokschiga qarshi ringga ko‘tariladi
Tokio shahri mezbonlik qilayotgan olimpiadaning boks bellashuvlarida kuchlilar saralanmoqda.
Biroz avval - 57 kg vazn toifasida ispaniyalik Xose Kuiles va irlandiyalik Kurt Uolker o‘rtasidagi jang yakunlandi. Hakamlarning qaroriga ko‘ra irlandiyalik bokschi 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ma’lumot uchun, ushbu vazndagi sportchimiz Miraziz Mirzahalilov reytingi yuqoriligi sababli o‘z yurishini keyingi bosqichdan boshlaydi. Mirazizga aynan irlandiyalik Kurt Uolker raqiblik qiladi.
Fikrlar