"Tokio-2020": MDHda ikkinchi, Markaziy Osiyoda birinchi bo‘ldik!

  • 8 avgust, 2021, 12:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bundan biroz avval, "Tokio-2020" yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi o‘zbekistonlik so‘nggi sportchi – Bahodir Jalolov finalda amerikalik bokschini taslim qilgan holda terma jamoamiz hisobiga 3-oltin medalni yozdirib qo‘ydi.

Tecno

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin va 2 ta bronza medallari bilan Olimpiadani yakunladi."

"Tokio-2020" yozgi Olimpiya o‘yinlarining yakunlanishiga ham sanoqli soatlar qolmoqda. O‘zbekiston delegatsiyasi hozirda umumjamoa hisobida 31-o‘rinni egallab turibdi.

Ushbu natijani MDH mamlakatlari orasida oladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Rossiya Olimpiya qo‘mitasi delegatsiyasidan so‘ng 2-o‘rinni egalladi.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. O‘zbekistondan so‘ng 2-o‘rin qo‘shni Qirg‘iziston delegatsiyasiga nasib etdi. 16 nafar sportchi bilan Olimpiadaga borgan Qirg‘iziston yakunda 2 ta kumush va bitta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarni Turkmaniston (batta kumush) va Qozog‘iston (8 ta bronza) egalladi. Tojikiston esa musobaqani medalsiz yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Kankret bola
08/08/2021 18:10
Agar boks bo'yicha tarkibimiza xaqoniy tanlanganida biza yanayam yuqoriroqdan joy olar edik borib borib futbolga o'xshab ko'ngil qopketmasedi boksdan
&
Турсун Ғани
08/08/2021 13:03
Ўзбегим жамоаси МДҲ да 2- ва марказий осиёда 1-ўринда. Шукурки ўз позетциясини сақлаб қолди ватаним жамоаси. Рио2016 да ҳам шундай натижаларимиз яҳши бўлганди. Сайтда бир ярим қўшни қозоқлар адашиб кириб туришарда кўринмай қолишди. Қирғизистон ва Туркманистон ҳам Қоғозистондан медалларнинг сфати бўйича ўтибди. Қойил қўшниларга ҳам.