
Tokio-2020. Bugun kurashga kirishadigan sportchilarimiz ro‘yxati bilan tanishing!
Xabaringiz bor, bugundan Tokio shahri mezbonlik qiladigan yozgi olimpiya o‘yinlariga start berildi.
Rasmiy ochilish marosimidan keyingi dastlabki kun bellashuvlarida vakillarimiz ham o‘z ishtirokini boshlaydi. Xususan, Toshkent vaqti bilan soat 04:30da o‘q otish turidan ishtirok etayotgan sportchimiz Muhtasar Tohirova yakkalik bahslarida o‘z yurishini boshlaydi. Shuningdek quyidagi vakillarimiz ham ertaga kurashga kirishadi:
Sherzod Mamutov (qilichbozlik, yakkalik) - 05:30;
Shahboz Holmurzaev, Sobirjon Safaroliev (eshkak eshish, juftlik) - 06:50;
Murodjon Holmurodov (velosport) - 07:00;
Sharofiddin Lutfillaev (dzyudo) - 07:00;
Denis Istomin (tennis) - 07:00;
Malika Hakimova (qilichbozlik) - 07:25;
Shahnoza Yunusova (boks) - 07:30;
Sanjar Tursunov (boks) - 10:15;
Rasuljon Abdurahimov (sport gimnastikasi) - 15:30.
Yangiliklarni SPORTS.uz sayti orqali kuzatib boring!
Fikrlar