Tokio-2020. Bekmurod Oltiboevning 1/8 finaldagi raqibi Olimpiya o‘yinlarining ikki karra bronza medali sohibi

  • 30 iyul, 2021, 07:48
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Kunni muvaffaqiyatli boshlab oldik. +100 kg vaznda bahslarga kirishgan Bekmurod Oltiboevning mo‘g‘ulistonlik Duurenbayar Ulzibayarga qarshi jangi yakunlandi.

Tecno

Vakilimiz ippon bahosi evaziga raqibidan dog‘da qoldirdi va o‘z yurishini keyingi bosqichga davom ettiradigan bo‘ldi! Qayd etish lozim, Oltiboev asosiy vaqt yakunlanishiga roppa-rosa bir daqiqa qolganida g‘alabani tantana qildi.

Hamyurtimizning 1/8 final bosqichidagi raqibi Xenk Grol bo‘ladi. Niderlandiyalik sportchi bunga qadar Pekin va London Olimpiadasida bronza medallarini qo‘lga kiritgan tajribali dzyudochi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Исомиддин
30/07/2021 08:41
Грол всё запорол ! Олга Узбекистан!