
Tojikistonning CAFAdagi asosiy vazifasi nima? Ular Osiyo Kubogida "O‘lim guruhi"dami? "Andijon" legioneri qanday fikrda?
Bir necha kundan keyin CAFA musobaqasi boshlanadi va unda milliy terma jamoalar ishtirok etayotgani unga bo‘lgan qiziqishni oshirmoqda. Shu jumladan, nufuzini ham.
Yon qo‘shnimiz – Tojikiston termasi ancha barvaqt Toshkentga kelib musobaqa uchun tayyorgarlik olib borayotganini bilsangiz kerak. Bu haqida Sports.uz orqali xabarlar va maqolalar berib bormoqdamiz.
Bilasiz, Tojikiston termasi safida O‘zbekiston chempionatida to‘p surayotgan legionerlar bor. “Andijon” sharafini himoya qilayotgan Axtam Nazarov Tojikiston termasi sardori hisoblanadi va u ham ayni chog‘da jamoa bilan birga musobaqaga tayyorgarlik ko‘ryapti. Ushbu futbolchi turnir oldidan Sports.uz muxbirining ayrim savollariga javob berib o‘tdi.
- Tojikiston terma jamoasining CAFA musobaqasidagi ishtiroki uchun siz ham chaqirildingiz. Bo‘lajak musobaqadan nima kutyapsiz?
- Barcha futbolchilar ishqibozlarga aytishim kerakki, CAFA juda ham qiziqarli musobaqadir. Bu turnir milliy terma jamoalar uchun ilk bor o‘tkazilyapti. Turnirdan juda yaxshi o‘yinlarni kutib qolamiz.
- Guruhda O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Ummon terma jamoalari bor. Ushbu guruh haqida fikringiz qanday va Tojikiston uchun asosiy raqib kim?
- Bizning guruhimizdagi jamoalarning bari juda kuchli va biz hammamiz bir-birimizga raqiblarmiz. Eng asosiysi, hammaga yoqadigan qiziqarli futbol namoyish etishimiz kerak.
- Tojikistonning CAFAdagi asosiy vazifasi nima?
- Bizning vazifa – Osiyo Kubogiga hozirlik ko‘rishdan iborat. O‘z navbatida bu o‘yinlar biz uchun tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.
- Shuningdek, Tojikiston Osiyo Kubogida “A” guruhida Qatar, Xitoy hamda Livan termalari bilan bahs olib boradi. Sizningcha, bu “o‘lim” guruhimi? Qur’a siz kutgandekmi yoki...
- O‘ylaymanki, Osiyo Kubogida har bir guruhni “o‘lim” guruhi deb atash mumkin. Chunki u musobaqaga o‘z-o‘zidan kirib bo‘lmaydi. Buning uchun astoydil ter to‘kish kerak va og‘ir mehnat evaziga nufuzli turnir ishtirokchilaridan biri bo‘lish mumkin. Musobaqa uchun tashlangan qur’a kutilgan darajada professionallarga xos tarzda bo‘lib o‘tdi. Aytish kerakki, guruh bosqichida bizga kimlar raqib bo‘lishini biz futbolchilar va murabbiylarimiz umuman o‘ylamagandik. Biz shunchaki qur’a marosimini tomosha qilib, shunday musobaqada ishtirok etishimizni o‘ylab quvonib o‘tirdik xolos.
- Bosh murabbiy Petr Segrt terma jamoada birinchi navbatda nimani o‘zgartirdi?
- Petr Segrt futbol maydonida katta oilani tashkil qila olgan.
Shuhratbek Jo‘raev.
Fikrlar