Tojikiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘yinda o‘zbekistonlik hakamlar ishlamoqda

CHERY AUTO

Futzal bo‘yicha Tojikiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi ikkita xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini hamyurtlarimiz FIFA hakamlari — Anatoliy Rubakov va Nikita Afinogenov boshqarib borishmoqda. Ularga zaxira hakamlari sifatida tojikistonlik FIFA referilari — Bexruz Murtazoev va Suxrob Sattorovlar ishlaydi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, futzal bo‘yicha Tojikiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvlari kecha va bugun o‘tkaziladi. Kechagi bahsda qo‘shnilarimiz rossiyalik futzalchilarni 10:7 hisobida mag‘lubiyatga uchratishgan.

Bugungi bahs Dushanbedagi ko‘p funktsiyali sport majmuasi – Tennis va suv sporti saroyida Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!