Tojikiston terma jamoasi boshqa murabbiy qidiryaptimi?

  • 20 iyun, 2023, 01:22
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi kunlarda Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi Petr Segrtning iste’fosi borasida mish-mishlar urchib ketdi. Shu masalaga oydinlik kiritish maqsadida kichik surushtiruvni amalga oshirdik.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, Tojikiston futbol federatsiyasi terma ustozini iste’foga chiqarmoqchi emas. Ayni damda, mamlakat futbol rahbarlari hech qanday boshqa murabbiy bilan muzokaralar ham olib bormayapti.

Eslatib o‘tamiz, bu mutaxassis qo‘l ostida Tojikiston Osiyo chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan edi. Qo‘shnilarimiz qit’a birinchiligida “A” guruhidan o‘rin egallagan bo‘lib, Qatar, Livan va Xitoyga qarshi kurash olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!