
Tojikiston Malayziyadagi turnirda 3-o‘rinni egalladi
Oldin xabar berib o‘tganimizdek, Tojikiston terma jamoasi Malayziyada “Merdeka Cup-2024” xalqaro mini musobaqasida ishtirok etmoqda.
Bugun Tojikiston terma jamoasi uchinchi o‘rin uchun uchrashuvda Filippinga qarshi maydonga tushdi. Ushbu bellashuvda “Andijon” hujumchisi Shaxrom Samiev, “Neftchi” a’zosi Manuchexr Safarov va “Metallurg” vakili Daler Sharipov asosiy tarkibda maydonga tushishdi va o‘yinni to‘liq o‘tkazdilar.
Bellashuvda hisob ochilmadi. G‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi va unda Tojikiston 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning 3-o‘rnini qo‘lga kiritdi.
Filippin –Tojikiston – 0:0. Pen. bo‘y; – 3:4
Tojikistan: Oleg Baklov, Axtam Nazarov, Mexrubon Karimov, Faxriddin Axtamov (Barakatullo Nigmatullozoda, 46), Manuchexr Safarov, Alisher Shukurov, Parvizjon Umarboev, Fatxullo Olimzoda (Saloxiddin Ergashev, 57), Nuriddin Xamrokulov, Daler Sharipov, Shaxrom Samiev.
Fikrlar