
Tojikiston kortlari tennischilarimiz uchun omad keltirmoqda
Tojikistonning Dushanbe shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar o‘rtasida o‘tayotgan turnirda tennischilarimiz munosib ishtirok etmoqda.
Musobaqaning ikkinchi davrasida hamyurtimiz Said Akbarov rossiyalik Bogdan Seleznevni 7:6, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shuningdek, yana bir vakilimiz Maksim Shin yana rossiyalik David Minnivalievni 5:7, 6:4, 6:4 hisobida taslim qildi.
Fikrlar