"Tizim menga ahamiyat bermadi va deyarli yutib yubordi" - Vinisiusdan ta’sirli so‘zlar

  • 18 dekabr, 2024, 09:59
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Vinisius Junior "The Best" marosimidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: 

"Veni, vidi, vici" (Keldim, ko‘rdim, zabt etdim). 

Bugun men o‘zining ko‘plab kumirlarining kubok ko‘targanini ko‘rgan o‘sha kichkina bolaga yozyapman. Uning vaqti keldi. To‘g‘rirog‘i, mening vaqtim. Aytish vaqti keldi: ha, men dunyoning eng yaxshi futbolchisiman va buning uchun qattiq kurashdim. 

Ular meni kamsitishga, qadrsizlantirishga harakat qilmoqdalar. Biroq ular tayyor emas. Hech kim menga nima uchun kurashish kerakligini va o‘zini qanday tutish lozimligini aytolmaydi. 

Men San-Gonsaloda (Rio-de-Janeyro shtatining bir qismi) yashaganimda tizim menga ahamiyat bermadi. U meni deyarli yutib yubordi. 

Men o‘zim uchun, oilam uchun g‘alaba qozondim. Bu yo‘lda meni "Flamengo", "Real", Braziliya terma jamoasi, yuzlab hamkorlarim, mashg‘ulotlarda menga hamroh bo‘lgan, meni hayratga soladigan insonlar qo‘llab-quvvatladi. Dunyoning eng yaxshi futbolchisi"
, - deya yozadi "Real" qanot himoyachisi

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!