
Tinib-tinchimayotgan "Atletiko" Ikardini ham olib kelmoqchi
"Atletiko" klubi "Inter" hujumchisi Mauro Ikardiga qiziqish bildirmoqda.
Milanliklar MYu forvardi Aleksis Sanchesni xarid qilishganidan so‘ng, 26 yoshli hujumchi uchun yangi jamoa qidirishni boshlab yuborishgan.
Madridliklar argentinalik hujumchini bir yil muddatga ijaraga olishni istashmoqchi.
Avvalroq, "Inter" Ikardi bilan shartnomani uzaytirgan holda, uni ijaraga berib yuborishni xohlayotgani haqida xabarlar tarqagan edi.
Fikrlar