Tinchlikmi? Flik Yamal o‘rnini bosishga eski tanishini chaqirdi

  • 8 iyun, 10:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh muabbiyi Xans-Diter Flik jamoaning 17 yoshli etakchisi Lamin Yamalga o‘rinbosar olib kelishga qaror qildi.

Tecno

Germaniyalik mutaxassis bu vazifani “PSV Eyndxoven” jamoasida o‘ynayotgan Ivan Perishichga topshirmoqchi, deb yozmoqda Mundo Deportivo hamda Bild kabi nufuzli nashrlar.

Kataloniyaliklarda 36 yoshli xorvatiyalik hujumkor futbolchini erkin agent sifatida bepul qo‘lga kiritish imkoni bor. Chunki niderlandiyaliklar 30 iyun kuni shartnomasi tugaydigan Perishichga yangi bitim taklif qilgani yo‘q.

Xans-Diter Flik bu o‘yinchining imkoniyatlarini yaxshi biladi. Perishich “Bavariya”da germaniyalik murabbiy qo‘l ostida to‘p tepgan. Aslida Flik Ivanni o‘tgan yozda ham jamoaga chaqirgan edi.

Ivan Perishich yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 39 marotaba maydonga  tushib, raqiblar darvozasini 16 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 11 ta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!