
Timur Ma’murjonov "WEF 126-PROF FIGHT 53" turniri markaziy jangida g‘alaba qozondi
Bir necha daqiqa avval Qirg‘izistonning Bishkek shahrida “WEF 126- PROF FIGHT 53” turnirining markaziy jangi o‘zi yakuniga etdi.
Unda oktagonga ko‘tarilgan, engil vazn (70,3 kg) toifasida Jahongir Asronov shogirdi “Jahon” klubi vakili Timur Ma’murjonov mezbonlar vakili Almaz Ruslan Uuluni 1-raundning o‘zidayoq bo‘g‘ish uslubi evaziga mag‘lub etdi. Shu tariqa yurtdoshimiz o‘zning professional faoliyatidagi rekordini 3-1 ko‘rinishga olib keldi.
Biz esa, ushbu chiroyli g‘alaba bilan yurtdoshimizni muborakbod etamiz!
Fikrlar