Timur Kapadze: Narigi o‘yinlarda nima bo‘layotgani menga umuman qiziqmas (Matbuot anjumani)

  • 19 mart, 20:28
  • Karim Xudayqulov
  • 3
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ertaga "JCh-2026" saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qirg‘iz Respublikasiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu o‘yin oldidan O‘zbekiston Milliy terma jamoasi ustozi Timur Kapadze hamda Odiljon Hamrobekov ishtirok etib, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Quyida termamiz bosh murabbiyining fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. 

- Assalomu alaykum, ertaga bizni qiziqarli o‘yin kutib turibdi. O‘ylaymanki, tayyormiz. Muxlislar ko‘z ongida g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. 

- 2011 yilda o‘yinchi sifatida O‘zbekiston bilan bo‘lgan uchrashuvlarda 3:0, 4:0 bo‘lgan. Hozir Qirg‘iz Respublikasi termasidagi o‘sish haqida nima deya olasiz?

- Albatta, u paytdagi o‘yinlar bilan hozirgini solishtirish qiyin. Sababi, hamma erda ham futbol rivojlanib bormoqda. O‘sha paytda ham ko‘p to‘qnash kelganmiz va ustun kelganmiz. Qirg‘izistonda o‘zgarishlar bor va futbol rivojlanmoqda. O‘ylaymanki, ertaga yaxshi o‘yin bo‘ladi. 

Qirg‘izistonga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik haqida

- O‘ylaymanki, hammasi joyida. Hamma sog‘-salomat. FIFA kunlariga futbolchilar ertaroq kelsa, yaxshi bo‘lardi. Biroq bu bizning qo‘limizda emas. 

Aliqulovning yo‘qligi haqida

- Bu katta yo‘qotish. Biroq bu futbol. Futbolda ba’zan shunday holatlar bo‘lib turadi. Bu terma jamoa va har bir futbolchi bu kabi holatlarga tayyor turishi kerak. Menimcha, bu muammo bo‘lmasligi kerak va biz ertaga maydonga chiqib o‘z vazifamizni bajarishimiz kerak. 

Ostonning holati va Hojimatning termaga chaqirilishi haqida

- Kecha u o‘zini biroz diskomfort his qildi. Bugun, erta yana qaraymiz. Albatta, bizga har qanday holatda ijrochilar kerak bo‘ladi. Shuning uchun, ham biz Hojimat termaga chaqirildi. 

- Mahalliy futbolchilarning holatidan ko‘nglingiz to‘lyaptimi? Sababi, bizda mavsum endi boshlandi. Tarkibda esa etarli mahalliy futbolchilar bor. 90 daqiqa o‘ynash uchun kuchimiz etadimi?

- Albatta, etadi. Hozir maydonga chiqib, natija qayd etishimiz kerak. Aytganimdek, tayyorgarlik uchun ko‘p vaqt bo‘lsa, yaxshi bo‘lardi. O‘z maydonimizda harakat qilamiz va hammamiz o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishimiz kerak. 

Yana bir tarix yaratish haqida

- To‘g‘risini aytsam, tarix yaratish va boshqa narsalar haqida o‘ylamayapman. Menda bitta vazifa bor va shuni qilish harakatidaman. Olimpiada kabi JChga chiqish nafaqat biz uchun, balki hammamiz uchun muvaffaqiyat bo‘ladi.

- Futbolchi sifatida JCh-2014 saralashida qatnashgansiz. Oxirgi turda J. Koreya va Eron o‘rtasidagi bahsda o‘ziga hos "o‘yin" bo‘lgan. Bu safar ham shunday holatlar qayd etilishi ehtimoli katta. Bu haqda nima deya olasiz?

- To‘g‘risini aytsam, narigi o‘yinlarga nima bo‘layotgani menga qiziqmas. Biz o‘z o‘yinimizga e’tibor qaratishimiz kerak. Bizni xursand qiladigan jihat - hammasi o‘z qo‘limizda. 

Temur Kapadze o‘z oldidagi mas’uliyat haqida

- Har bir uchrashuv o‘ziga yarasha mas’uliyat. Olimpiadaga chiqayotganimizda ham o‘ziga yarasha mas’uliyat bor edi. Dam olganim ancha foydali bo‘ldi. Tajriba yig‘dim. 

- Birinchi davradagi bahs asabiy o‘tgandi. Bu o‘yin ham shunday bo‘lmasligi uchun nima qilish kerak?

- Har bir uchrashuv o‘ziga yarasha asabiy o‘tadi. Nasib etsa, ertaga biz o‘z futbolimizni namoyish etib, ularga o‘yin bermaslikka harakat qilamiz. Biroq eng asosiysi g‘alaba. Uchrashuv asabiy o‘tadimi yoki yo‘q, birinchi navbatda g‘alaba qozonishimiz kerak. 



 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Po`lat Polvonov
19/03/2025 22:04
Ассадому алекум!!! Темурга омад тилаймиз Темур Кападзе жон куяр ўйинчи эди,Мураббийлик фаолиятида ҳам жонкуярлик қилябди Темур Катанесдан зўр мураббий бўлса зўрки ундан кам эмас этртангги ўйинда йигитларимизга омад тилайман Қирғиз дарвозасига киритилган голларни кўриб хурсанд бўлайлик .ОЛҒА ЎЗБЕКИСТОН
Абдухаликов Мухаммад
20/03/2025 08:01
Узбекистон МТЖ га омад хамиша дуодамиз
Абдухаликов Мухаммад
20/03/2025 08:01
Узбекистон МТЖ га омад хамиша дуодамиз