Timur Kapadze: "Martdagi yig‘inda terma jamoa 3 kun oldin yig‘iladi"

  • 22 yanvar, 17:21
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston terma jamoasi ustozi Srechko Katanets sog‘lig‘idagi muammolar sabab O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan tuzilgan shartnomasini bekor qildi. 

Tecno

Uning o‘rnini egallashi kutilayotgan Timur Kapadze "O‘zbekcha futbol"da bilvosita ishtirok etdi. Kapadze agar terma jamoa postiga keladigan bo‘lsa nimalarni o‘zgartirishini aytdi.

"Hozirgi kundan kelib chiqib, ko‘p narsani o‘zgartirib bo‘lmaydi. Martdagi yig‘inda jamoa 3 kun oldin yig‘iladi. Bu paytda ko‘p narsani o‘zgartira olmaysiz. Eng muhimi bollar sog‘-salomat tarkibga qo‘shilsin va yaxshi formada bo‘lsin. Qanaqadir kamchiliklar bo‘lsa to‘g‘irlanadi. 

Qirg‘iziston va Eronga qarshi kamchiliklar bo‘ldi va bularni bartaraf etishga harakat qilamiz", - dedi Kapadze.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!