Timur Kapadze: "Iroq yuqori saviyali ajoyib futbolchilarga ega"

  • 11 iyun, 2022, 13:35
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO
Bugun soat 21:00 da 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi chorak final bahslari davom ettiriladi. Ikkinchi bahs O‘zbekiston hamda Iroq terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. 
 
Mazkur o‘yin oldidan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze qisqacha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
 
"A" guruhida kuchli raqiblarga qarshi qiyin o‘yinlar o‘tkazdik. Biz ilk o‘yinda moslashib olishimiz kerak edi va 1:0 hisobidagi g‘alaba juda muhim bo‘ldi.
 
Jamoam Iroq bilan kuch sinashishga tayyor. Eron bilan o‘yinda rotatsiyaga qo‘l urdim. Yigitlarda etarlicha dam olish imkoni bo‘ldi, deb hisoblayman. 
 
Biz bu musobaqaning barcha o‘yinida g‘alaba qozonishni istaymiz. Eron bilan durang o‘ynaganimizga qaramay, jismoniy va ruhiy tomonlama yaxshi holatdamiz. 
 
Iroq yuqori saviyali ajoyib futbolchilarga ega. Har biri o‘yin taqdirini hal qilishi mumkin. Ammo  bizda bu borada hech qanaqa bosim yo‘q. Hatto muxlislar qarshisida ekanimiz ham bizga faqat va faqat foyda keltiradi, - dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilyosxon Akramov
11/06/2022 17:03
Омад !