
Timur Kapadze Dohaga etib bordi
O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Dohaga etib kelib, jamoa bilan uchrashdi. Bu haqda O‘FA matbuoti xabar berdi.
O‘FA rahbariyati avvalo Srechko Katanetsga salomatlik tilab, Milliy jamoa uchun qilgan mehnatlarini e’tirof etdi. Kuni kecha sloveniyalik mutaxassis sog‘lig‘i yomonlashgani sababli terma jamoadagi faoliyatini davom ettira olmasligi haqida assotsiatsiyaga xat yo‘lladi. Jamoamizni oldinda mas’uliyatli o‘yinlar kutib turgan muhim pallada yangi bosh murabbiy atrofida birlashib, azaliy orzumiz bo‘lgan Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun qattiq mehnat qilib, to‘liq tayyorgarlik ko‘rish kerakligi ta’kidlandi.
Ushbu muhim vazifa aynan bir necha yillar terma jamoa sharafini himoya qilgan, murabbiylik tajribasini olgan, yoshlar bilan muvaffaqiyatli ishlab, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan mutaxassis — Timur Kapadzega ishonib topshirilgani aytildi.
O‘z o‘rnida Timur Kapadze jamoa va murabbiylar shtabi bilan iliq suhbatlashib, oldimizga qo‘yilgan aniq maqsad yo‘lida bir oila bo‘lib, birgalikda harakat qilish kerakligini aytdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Timur Kapadze qo‘l ostida dastlabki mashg‘ulotlarini boshladi.
Fikrlar
« Қарғиш – ўқ » дейишар, билмасмидингиз,
Ўша тунда бедор йиғлаб, тонг оттирган,
Фарходни шу куйга солмасмидингиз ...
Ичларим ачишяпти шу футболга,
Таъсир қилар хали ўгитларим хам,
Ўзбекистон футбол истиқболини,
Армон қилмасмикан фарзандларим хам…