
Timur Kapadze: "Bunaqa erta ketish niyatimiz yo‘q edi"
"Parij-2024" doirasida O‘zbekiston - Misr bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 0:1 hisobida yakunlandi.
11-daqiqada Hamraliev tepgan to‘p Ahmed Kokaga tepgan holda darvozamizga kirib ketdi. Hamyurtlarimiz shundan so‘ng ketma-ket hujumlarga o‘tdi. Hususan, Eldor Shomurodovda bir qancha vaziyatlar bo‘ldi, Jasur Jalollidinov uzoqdan zarbalar yo‘lladi. Biroq raqib darvozasi ishg‘iol qilinmadi.
Shu tariqa, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi turnir bilan xayrlashdi. Uchrashuvdan so‘ng Temur Kapadze fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bunaqa erta ketish niyatimiz yo‘q edi. Yigitlar maksimal harakat qildi. Birinchi uchrashuv ham, bugun ham omadsizlik deymizmi, balkim tajribadir etishmadi. Keldik, ko‘rdik.
Eng alamlisi bundan ham yaxshiroq o‘ynasak bo‘lardi va bunga kuchimiz ham etardi. Qaysidir epizodlarda xato qildik va gol o‘tkazib yubordik. Xayrli bo‘lsin. Keyingi safar kelganimizda bundan ham kuchliroq bo‘lamiz. Hamma muxlislarimizga rahmat aytaman va uzr so‘rayman.
Nafaqat birinchi uchrashuvda, bugun ham baralla ovozda qo‘llab turishdi. Hammalari sog‘-salomat bo‘lishsin. Yutuqlarimiz bilan ularni xursand qilamiz, - dedi olimpiyachilimriz ustozi.
Fikrlar
Мисрдаги шижоат бизни болларда паст куринди