Timur Kapadze: "Bilaman sizlarga g‘alaba kerak, ammo"

  • 8 iyun, 2022, 00:40
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Yurtimizda bo‘layotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi qit’a birinchiligi avj pallasiga ko‘tarildi. A guruhidan o‘rin egallagan jamoamiz 3-turda Eron bilan to‘qnash keldi va 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Uchrashuvdan so‘ng, Olimpiya jamoamiz bosh murabbiyi - Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etib, bahs borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- Birinchi navbatda bugun stadionga bizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashrif buyurgan barchaga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Ular o‘yinning so‘nggi daqiqalariga qadar bizga dalda berib turishdi.
Ochig‘i, g‘alaba qozonib ularni xursand qilmoqchi edik, ammo buni uddalay olganimiz yo‘q. O‘yindan oldin temp juda yuqori bo‘lishini taxmin qilgan edik. Eronga qarshi o‘yin natijasi ko‘ngildagidek bo‘lmaganiga qaramay, kvartetda birinchi o‘rinni egallab keyingi bosqichga chiqdik. O‘yin uchun yigitlarga rahmat. Zaxiradan tushganlar o‘yinni kuchaytirib berdi, ammo vaziyatlardan foydalana olmadik. G‘olib chiqishimiz ham mumkin edi, ammo biroz omad kelmadi.

Keyingi o‘yinga kim tayyor bo‘lsa, ana o‘shalar maydonga tushadi. Bir-ikki futbolchimizda toliqish bor. Iroqqa qarshi bahsda kuchli tarkib bilan maydonga tushamiz. Raqib ham jiddiy ekanligini alohida e’tirof etish lozim.

Pley-offdagi raqibimizni o‘yinlarini ko‘rdim. Turnirda kuchsiz raqibning o‘zi yo‘q. Iroqning barcha yosh toifasidagi jamoalari kuchli bo‘lgan. Umid qilamanki, biz zafarli yurishimizni davom ettiramiz.
Bu uchrashuvda barchaga imkon berish orqali ularni sinovdan o‘tkazdim. Bilaman, sizlarga g‘alaba kerak. Nasib qilsa, keyingi o‘yinlarda ishqibozlarni xursand qilishga harakat qilamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Nasaf Qarshi
08/06/2022 23:31
Кечаги уйинда тактик узгаришлар синаб курилди, Ирок билан уйинда бошкача уйин булади худо хохласа!
Gulomqodir Askhanov
08/06/2022 10:16
Узбекистон 5-0 тагача урганида кейин ирок ни кузи очилади. Япония Билан финалга тушса Зур булар Эди уларни тренерни айтиши буйича факат Япония биринчи булиб келиши керак экан.Менталитети ютиш учун шаклланган эмиш хали бошка командаларни жахлига , чакнашига тугри келмабсиз, каерга келганини тушинмабди.