
Timea Babosh va Kristina Mladenovich "Rolan Garros"da tengsiz
Vengriyalik Timea Babosh va frantsiyalik Kristina Mladenovich Frantsiya ochiq chempionatining juftlik bahslarida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Timea va Kristina tandemi "Rolan Garros"ning final o‘yinida xitoylik Yin-Yin Duan va Chjen Saysayni 6:2, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa bosh sovrinni qo‘lga kiritgan Babosh va Mladenovich tashkilotchilar tomonidan 2000 reyting ochkosi va 580,000 AQSh dollari pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Fikrlar