Tiagu Silva: "Xotinimning otasi meni bugungi shaxsga aylantirgan inson"

  • 3 iyul, 15:37
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Fluminense" himoyachisi Tiagu Silva jamoadoshlariga "Inter"ustidan qozonilgan g‘alaba oldidan kiyinish xonasida shu so‘zlarni aytib o‘tdi.

Tecno

"Xotinimning otasi meni bugungi shaxsga aylantirgan inson. Men  2014 yilda Braziliyada o‘tkazilgan Jahon chempionatida qatnashganman. Bir dam olish kunimda uyga borgandim, qaynotam ham u erda ekan. U kasal edi, lekin ahvolining qanchalik jiddiyligini bilmasdim.  Terma jamoaga qaytdim va mundiyalni yarim finalda tark etdik. Uni kasalxonaga olib ketishdi, men  esa Parijga qaytdim va mavsumoldi tayyorgarlikni boshladim. 

Liganing birinchi o‘yinidan oldin xotinim qo‘ng‘iroq qilib: "Cho‘qintirgan otang vafot etdi, uni shifoxonaga ko‘rgani bormadim, chunki tuzalib ketadi deb o‘ylagandim.

Demak, hozir qila oladigan ishlarimizni kechiktirmasligimiz kerak. Ishlarni keyinga qoldirmang chunki vaqtimiz yo‘q. Har lahzadan zavqlaning. Jamoadoshlarga sodiq bo‘ling va ular uchun kurashing" ,- dedi braziliyalik himoyachi.

Eslatib o‘tamiz,  Renato shogirtlari chorak finalda "Al-Hilol" ga qarshi maydonga chiqadi. Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 5 iyul kuni Toshkent vaqt bilan soat 00:00 da start oladi.

Ataev Abdukarim

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!