The Best-2020 onlayn formatda o‘tkaziladi. Tadbir sanasi ham ma’lum

  • 21 noyabr, 2020, 13:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFAning The Best-2020 tantanali marosimi 17 dekabr kuni onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Xabarda aytilishicha, FIFAning bunday qaror qilishi dunyoda koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan og‘ir vaziyat bilan bog‘liq. The Best-2020 uchun ovoz berish jarayoni 25 noyabrdan 9 dekabrga qadar davom etadi.

2019 yilda FIFA talqiniga ko‘ra, “Barselona” forvardi Lionel Messi eng yaxshi futbolchi, “Liverpul” posboni Alisson Bekker eng yaxshi darvozabon, “Liverpul”ni boshqarayotgan  Yurgen Klopp eng yaxshi murabbiy, deb topilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!