
Tezkor xabar! "Sport" telekanali Isroil Madrimov ishtirokidagi jangni jonli efirda ko‘rsatadi
Faoliyatini professional boksda davom ettirayotgan hamyurtimiz Isroil Madrimov 9 mart kuni o‘zining prof-ringdagi ikkinchi jangini venesuelalik Frenk Roxasga qarshi o‘tkazishi haqida xabar bergan edik.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra "Sport" telekanali bokschimiz ishtirokidagi jangni 10 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00dan boshlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatadi.
Eslatib o‘tamiz, Madrimov dastlabki jangida meksikalik raqibini nokautga uchratib, WBA Intercontinental kamariga ega chiqqan edi.
Fikrlar