
Tezkor xabar! "Navbahor"ni Temur Kopadze boshqarishi mumkin
Bundan biroz avval "Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis iste’foga chiqarilgani borasida xabar bergan edik. Ammo undan qolgan postni kim egallashi ochiq qolayotgan edi.
SPORTS.uz internet axborot portaliga ma’lum bo‘lishicha, "lochinlar" bosh murabbiyligiga nomzodlar qatorida "Lokomotiv" U-21 jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze bor.
Qayd etish joiz, uning qo‘l ostida yosh "temiryo‘lchilar" U-21 Birinchiligida muvaffaqiyatli odimlashmoqda. Jamoa ortda qolgan 12 turdan so‘ng 25 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda.
Ertaga "Buxoro"ga qarshi kechadigan bahsda esa jamoani Mustafo Bayramov maydonga boshlab tushishi kutilmoqda.
Fikrlar
Андрейдан ҳам ҳафа эмасман! Кейинги фаолиятига омад!
Олға Навбаҳор! Олға Кападзе!!!