Tezkor: Shomurodovga kutilmagan yangi xaridor chiqdi!

  • 9 avgust, 2024, 08:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov 2020 yilning oktyabr oyida Rossiya Premer-ligasidan “top-5” chempionatlari qatoriga kiruvchi A Seriya vakili “Jenoa”ga ko‘chib o‘tgan edi.

Tecno

Hujumchimiz Italiyaning eng qadimiy jamoasidagi faoliyatini juda yaxshi boshladi. 32 ta uchrashuvda sakkizta gol urgan o‘zbek futbolchisining nomi shundan beri har transfer mavsumida muxlisu mutaxassislar diqqat markazidan tushmay kelmoqda.

Boshida Italiya chempionatida yangi paydo bo‘lgan to‘purarni “Yuventus” va “Roma” o‘zaro talashdi. Hamyurtimiz poytaxt klubini tanladi. Shundan keyin yiliga ikki bor – qishki va yozgi transferlar oynasi ochilishi bilan Shomurodovga turli takliflar chiqa boshladi.

Italiya chempionati boshlanishi arafasida Eldor yana o‘ziga yangi ish joyi topishi talab etiladi. Ayni paytda 29 yoshli forvardimiz Angliyada tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etmoqda. Viza bilan bog‘liq muammolar tufayli Shomurodov va Artyom Dovbik “Roma”ning xorij yig‘iniga  oxiri borib qo‘shildi.

- Artyom Dovbik va Eldor Shomurodov Angliyaga tunda etib kelgani bois, bosh murabbiy Daniele De Rossi boshchiligdagi murabbiylar shtabi ertalabki mashg‘ulotlarni bir soat ortga surdi. Bu qaror kech etib kelgan ikki hujumchining etarli darajada dam olishiga imkoniyat yaratib berishga qaratilgan edi, - deb yozdi  Corriere dello Sport gazetasi.

Italiya matbuoti o‘zbek hujumchisiga “Verona” jiddiy qiziqayotgani va “Roma”dan o‘yinchini ijaraga olishni rejalashtirayotgani haqida yozmoqda.

Yana bir necha manbalar tajribali legionerga yangi da’vogar paydo bo‘lganini xabar qila boshladi.

- Transfer bozorida Eldor Shomurodovga faqatgina “Verona” qiziqayotgani yo‘q. Yana boshqa klub paydo bo‘ldi. Daniele de Rossining yangi mavsum uchun rejalariga kiritilmagan Eldor Shomurodov tez orada boshqa klubga o‘tishi kutilmoqda.

O‘tgan mavsumda Shomurodov ijara asosida “Kalyari”da o‘ynadi. Klaudio Raneri jamoasi yuqori diviziondagi joyini saqlab qoldi, biroq Eldor Shomurodovni o‘z tarkibida olib qolgani yo‘q.

Shu tariqa, o‘zbek hujumchisi 2026 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomasi asosida “Roma”ga qaytib keldi. Endi u yana transferini to‘liq sotib olish huquqi bilan boshqa klubga ijaraga ketadi.

Bir necha kundan beri Shomurodovning kelajagini “Verona” bilan bog‘lashmoqda. Veronaliklar A Seriyani yaxshi biladigan tajribali hujumchi qidiryapti. So‘nggi pallada o‘zbek hujumchisiga yangi da’vogar – “Sampdoriya” og‘iz sola boshladi, - deb yozmoqda italiyalik futbol eksperti Andrea Jove.

Bu ma’lumotlarni Il Tempo gazetasi, onefootball.com hamda planetaroma.net  saytlari kabi  yana bir necha manbalar ham tasdiqladi.

- “Sampdoriya” bosh murabbiyi Andrea Pirloga jamoani A Seriyaga olib chiqish uchun tajribali hujumchi yordami kerak. Liguriyaliklar ana shu maqsadda “Roma”dan Eldor Shomurodov transferi bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlarni so‘radi.

Bu masalada ko‘p narsa Eldor Shomurodovning tanloviga bog‘liq. Markaziy hujumchi V Seriyada o‘ynashga rozi bo‘ladimi yoki yo‘q, - deb yozmoqda romaforever.it sayti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Duvlan
09/08/2024 09:04
Элдорни четдан ҳеч ким олмайди, яхшиси у хақида ҳеч нарса ёзиб ўтирманглар у энди ўтмас пичоқдек бўп қолган.
&
Навбохр
09/08/2024 08:16
Тугилганидан бошлаб ёзмапсилар
&
Азизжон
08/08/2024 23:33
Жонга тегдиларинг буладигани ёз Шомуродов Растовдан Женовага у́тди шуям гапми зай....л
ХОЛМУРОДОВ АМИР
08/08/2024 21:10
Шома В серияга утмайди