Tezkor: Shomurodov boshqa klubga o‘tdi!

  • 27 yanvar, 2023, 08:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma”da o‘yin amaliyotisiz qolib ketgan Eldor Shomurodov faoliyatini “Spetsiya”da davom ettirishga rozilik berdi.

Tecno

Italiya futbolini yoritib borayotgan deyarli barcha nufuzli manbalar bu vaziyatni oxirigacha kuzatib bordi hamda o‘zbek hujumchisining yakuniy qarori qanday bo‘lgani haqida ma’lumot tarqatmoqda.

732850_680

Xususan, https://romapress.net nashri jurnalisti Jon Solanoning yozishicha, “Spetsiya” mutasaddilari “Roma” sport direktori Tyagu Pintoni hujumchini ijaraga qo‘yib yuborishga ko‘ndirganidan keyin kech bo‘lishiga qaramay, Eldor Shomurodov vakillari bilan muzokara olib borgan.

Eldor Shomurodov o‘zi uchun oxirida qolgan ikki da’vogar – “Kremoneze” va “Spetsiya”dan transferni to‘liq amalga oshirishni talab qilib, “Roma”dan to‘liq ketishga qaror qilgan edi.

Biroq, muzokaralar natijasida legionerimiz mavsum oxiriga qadar “Spetsiya”da ijara asosida to‘p tepishga rozilik berdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Roma” rahbariyati “Spetsiya”ga Shomurodovning transferini keyinchalik sotib olish huquqini bermagan va hamyurtimiz mavsum tugaganidan keyin yana Rimga qaytib keladi.

Ijara vaqtidagi Shomurodovning xizmati “Spetsiya”ga 1,5 million evro atrofida tushishi ta’kidlanmoqda.

Shundan so‘ng vaziyatga qarab, Shomurodovning “Roma”da qolishi yoki o‘ziga boshqa jamoa topishi masalasi yozgi transferlar vaqtida hal qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov kuchli beshlik chempionatlari qatoriga kiradigan A Seriyadagi faoliyatini 2020 yilning oktyabr oyida boshlagan. Eldor “jenoa”da bir mavsumda Italiya chempionatida 31 ta uchrashuvda 8 ta to‘p kiritganidan keyin bir qator klublardan taklif oldi va yakunda Joze Mourino qabul qilib olgan “Roma”ni tanladi.

Mashhur murabbiy qo‘l ostida hamyurtimizning faoliyati muvaffaqiyatli chiqqani yo‘q. Bir yarim yil mobaynida Mourino o‘zbek hujumchisiga etarli o‘yin amaliyoti imkoniyatini bermasdan, faqat bir necha daqiqadan o‘ynatib keldi.

Rim klubida jami 48 ta uchrashuvda maydonga tushgan hamyurtimiz oltitadan gol va assist qayd etdi.

Shomurodov uchun “Roma”dagi kam sonli yorqin  voqealardan biri jamoasi bilan UEFAning yangi turniri – Konferentsiyalar ligasida bosh sovrinni qo‘lga kiritgani bo‘ldi.

Nihoyat, 2023 yilning yanvar oyiga kelib, Eldor Shomurodov jamoasini o‘zgartirishga qaror qildi. “Roma” “Torino”, “Bolonya”, “Fiorentina” kabi jiddiy klublarning takliflarini qabul qilmadi.

Eldorning o‘zi Italiyada qolish istagini bildirib, Germaniyaning “Bayer”, Ispaniyaning “Valyadolid”, Frantsiyaning “Renn” va “Lill” kabi klublari chorlovlariga rad javobini berdi.

6144775_2120_rere

Vaziyat taqozosi bilan Shomurodov “Spetsiya”ga nasib qildi. Bu transfer tez orada rasman tasdiqlanishi kutilmoqda.

“Roma”ning Shomurodov bo‘yicha rejasi o‘zgardi, Eldor esa kutilmagan jamoani ko‘zlayapti!

O‘runov Premer-liga darajasidagi futbolchi!

Yugurishni o‘zbek legioneridan o‘rganing!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Odil Kilichov
27/01/2023 20:56
Omad
&
Ганишер
27/01/2023 15:53
Илохим чин булсинда, роса эзивордиларинг ,!!!!
&
Локо
27/01/2023 11:53
тезроқ тасдиқлансин. Омин
Sanjar T
27/01/2023 09:56
Рост булсин