Tezkor! Rossiya terma jamoasini boshqargan murabbiy vafot etdi

  • 15 iyul, 2022, 19:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya milliy terma jamoasiga ustozlik qilgan mashhur murabbiy Georgiy Yartsev 75 yoshida vafot etdi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, uning o‘limiga o‘tkir yurak etishmovchiligi sabab bo‘lgan.

Tecno

Georgiya Yartsev futbolchilik faoliyatining eng gullagan davrini Moskvaning “Spartak” klubida o‘tkazgan. 1979 yilda bu jamoa safida mamlakat chempioni bo‘lgan.

Yartsev murabbiylik faoliyatida “Spartak”, “Torpedo”, “Dinamo”, “Rotor” va Moldovaning “Milsami” jamoalarini boshqargan. 1996 yili “Spartak” bilan Rossiya chempionligiga sazovor bo‘lgan.

Rossiya terma jamoasi bu mutaxassis qo‘l ostida 2004 yilgi Evropa chempionatining final bosqichida qatnashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
. мансур
15/07/2022 21:41
Жойи жаннатда бўлсин, жуда зўр футболчи эди