Tezkor! Rossiya klubi o‘zbek futbolchisini transfer qilishi kutilyapti

  • 14 sentabr, 2023, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasida “Nijniy Novgorod” sharafini bir mavsumdan beri himoya qilayotgan Ibrohimxalil Yo‘ldoshev jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda.

Tecno

Tarqatilayotgan xabarlarga ko‘ra, o‘zbek himoyachisi Qozonning “Rubin” klubiga idaraga beriladi.

Wq1uEnuTnaM

Ibrohimxalil Yo‘ldoshev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘zbekistondagi faoliyati davomida “Paxtakor”dan tashqari bir yil “Bunyodkor” klubida ham o‘ynagan. Chap qanot himoyachisi Superligada “Paxtakor” safida 18 ta uchrashuvda ikkita to‘p kiritgan, “Bunyodkor” tarkibida 22 marotaba maydonga tushib, bitta gol muallifi bo‘lgan.

“Nijniy Novgorod” 2021 yilning avgustida Ibrohimxalilni “Paxtakor”dan transfer qilgan va futbolchi uchun 250 ming evro to‘lagani qayd etilgan.  

Yo‘ldoshev Rossiya Premer-ligasida “Nijniy Novgorod” uchun jami 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, raqiblar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qilishni uddalagan hamda jamoadoshlariga to‘rtta golli pas uzatgan.

Transferlarga ixtisoslashgan https://www.transfermarkt.world saytida Ibrohimxalil Yo‘ldoshevning “Nijniy Novgorod” bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyunigacha davom etishi belgilangan.

Ta’kidlash joizki, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev bu  mavsum asosiy tarkibga kirishga qiynalmoqda. Premer-ligada ettita uchrashuvdan uchtasida qatnashib, atigi 83 daqiqa harakat qildi xolos.

Yo‘ldoshev “Rubin” klubiga ko‘chib o‘tsa, qozonliklar tarkibidagi uchinchi o‘zbek futbolchisi bo‘ladi. Ma’lumki, bu jamoada himoyachi Rustam Ashurmatov hamda iste’dodli yarim himoyachi Umarali Rahmonaliev joriy yil boshidan beri to‘p tepmoqda.

Ta’kidlash joizki, bu futbolchilarimizning aksariyati O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod o‘yinchilar hisoblanadi.

Rustam Ashurmatov mamlakatimiz bosh jamoasi safida 2017 yildan beri jami 24 ta uchrashuvda qatnashgan.

Umarali Rahmonaliev hali milliy terma jamoada rasmiy debyutini o‘tkazmagan bo‘lsa-da,  O‘zbekiston yoshlar terma jamoalarida o‘ynab, tajriba va mahoratini oshirib kelyapti.

Ibrohimxalil Yo‘ldoshev ham yoshlar, ham milliy terma jamoadagi o‘yinlarda qatnashib kelyapti. Bosh jamoamizda 2020 yilda debyutini nishonlagan himoyachi hozirgacha 16 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol ham urgan.

9d017088-429a-4dc7-a657-aac4d1975b41

Agar Ibrohimxalil “Rubin”ga o‘tadigan bo‘lsa, “Nijniy Novgorod”da bitta legionerimiz – Ruslan Jiyanov qoladi. 22 yoshli hujumchi hali Premer-ligada debyut qilgani yo‘q. Lekin Rossiya kubogida bitta uchrashuvda zaxiradan maydonga tushib, o‘n bir daqiqa o‘ynadi.

Voqealar rivojlanishini va transfer ma’lumotlari rasman tasdiqlanishini kutamiz!  

O‘zbek futbolchilari mashhur darvozabonni bezdirib qo‘ydi

O‘zbekistonning gollari meksikaliklarni qattiq xavotirga solib qo‘ydi

“Barsa” yulduzi nega Messining emas, Shomurodovning sevimli raqamini tanladi?

Shomurodovga yordam kerak!

O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi

Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...

Italiyalik muxlislar Shomurodovni muhokama qilmoqda: yaxshi gap ham, tanqid ham etarli!

Husanov jamoasi haqida hayratlanarli fakt!

Shomurodov transferi o‘zini oqlaydimi?

Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
A A A A A
15/09/2023 20:36
Узбек футболчилари чет эл жамоаларида захирада колиб кетишларини сабабини ким урганади?
&
nawruz.eshmurodoff2017@gmail.com
15/09/2023 07:37
Россия клублари би тийинга қиммат. Ундан кўра бошқа чемпионатларга борган маъқул. Улар ҳеч бир еврокубокларда қатнаша олмайди.