
Tezkor: “Roma” hujumchini sotuvga qo‘ydi!
Joze Mourino “Roma”ni grand klublar qatoriga qo‘sha olmadi. Bu galgi mavsum ham rimliklar kutganchalik bo‘lgani yo‘q.
“Roma” Evropa ligasi finalini “Sevilya”ga boy berib sovrinsiz qoldi va Chempionlar ligasi ham ularga armon bo‘ldi.
Endi tarkibda o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Klub rahbariyati ikki yil muqaddam Joze Mourino taklifi bilan 40 million evro evaziga olib kelingan Temmi Abraxamdan voz kechishga qaror qildi.
25 yoshli angliyalik futbolchi yozda sotib yuboriladi. Klub mutasaddilari Abraxam bo‘yicha har qaynday taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.
Abraxam joriy mavsumda 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, to‘qqizta gol va ettita assist qayd etdi. Uning transfer summasi 45 million evroni tashkil qilmoqda.
Fikrlar