
Tezkor! "Real" mashg‘uloti bekor qilindi
Madridning "Real" klubi koronavirus o‘chog‘iga aylanib qoldi.
AS nashrining ma’lum qilishicha, jamoada virus bilan kasallanishning yangi holatlari bo‘lishi mumkin. Shu sababli, madridliklarning bugungi mashg‘uloti bekor qilingan. Buning o‘rniga jamoa a’zolari qaytadan test topshiradi.
"Qirolli klubi" matbuot xizmati tez orada COVID-19ni yuqtirib olgan yangi futbolchilar haqida xabar qilishi taxmin qilinmoqda.
Avvalroq, Luka Modrich va Marseloda koronavirus infektsiyasi aniqlangani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar