
Tezkor: Manchesterliklar superhujumchi transferini e’lon qildi
Mavsumni muvaffaqiyatsiz yakunlagan “Manchester Yunayted” kelasi mavsum oldidan bor e’tiborini yangi tarkib shakllantirishga qaratadi.
Bosh murabbiy Ruben Amorim mavsum davomida ko‘p gol ura oladigan hujumchiga ehtiyoj sezdi. Avvalgi mavsumlarda ana shu maqsadda klubga olib kelingan Rasmus Xyoylund va Joshua Zirkzee kabi forvardlar ishonchni oqlamadi.
Manchesterliklar bu bo‘shliqni to‘ldirish uchun “Vulverxempton”dan 26 yoshli Mateus Kunyani oldi. Klub ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasi orqali bu transferni e’lon qildi.
Manbaga ko‘ra, “Manchester Yunayted” braziliyalik futbolchi uchun “bo‘rilar”ga 74 million evrodan ortiqroq badal puli to‘laydi.
Shartnoma 2030 yilning yarmigacha tuziladi. Kunya yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 36 marotaba maydonga tushib, 17 ta gol va oltita assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar