
Tezkor! "Manchester Yunayted" etakchisi avariyaga uchradi
“Manchester Yunayted”ning portugaliyalik yarim himoyachisi Bruno Fernandesh avtohalokatga uchradi, deb xabar bermoqda Evening Standard.
Manbaga ko‘ra, voqea bugun ertalab sodir bo‘lgan. Halokatda ishtirok etganlarning barchasi jiddiy jarohatlardan qutulib qolgan. Qayd etilishicha, Fernandesh bugungi mashg‘ulotlarda qatnashish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, ertaga "Manchester Yunayted" APLning navbatdagi turida "Liverpul"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv "Enfild"da bo‘lib o‘tadi.
Portugaliyalik futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar