Tezkor. Madrid klubi Husanov uchun kurashga qo‘shildi

  • 3 dekabr, 2024, 17:15
  • Jahongir Inomjonov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Yanvar oyidagi transferlar oynasi oldidan bir qator grand klublar nishoniga aylangan Abduqodir Husanov "Atletiko Madrid"ga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda frantsuz jurnalist Mohamed Tubache-Ter xabar berdi.

Abduqodir Husanovga qiziqish bildirib turgan klublar "Lans" rahbariyatini ancha shoshirib qo‘ydi. Futbolchi Frantsiyaning PSJ va "Marsel" va boshqa ligalarning top-klublari kuzatuvida bo‘lib turibdi.

Tubache-Terning so‘zlariga ko‘ra, poygaga qo‘shilgan so‘nggi klub "Atletiko Madrid" hisoblanadi. Klubni himoyachining harakatlari hayratda qoldirmoqda, dedi insayder.

Avvalroq, "The Telegraph" nashri "Nyukasl" va "Tottenxem" klublari hamyurtimiz uchun "Lans"ga 30 million evro to‘lashga tayyor ekanligi haqida xabar bergan edi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
fcnasafuz
03/12/2024 21:07
Ҳаммаси зўр вариант
Imomali
03/12/2024 19:42
100 миллион доллар бераварийлар битта узбек футболчи жуда болмаса 90миллион шу нархи хам олаверинглар