Tezkor! “Lans” Husanovni asosiy tarkibdan chiqardi. Sabab nima?

  • 12 aprel, 2024, 08:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionatida yuqori o‘rinlar va Evrokubok yo‘llanmalari uchun kurashayotgan “Lans” 12 aprelga belgilangan 29-turda “Mets” mehmoni bo‘lish kerak.

Tecno

Klub rasmiy saytida o‘zbekistonlik legioner Abduqodir Husanov o‘yin qaydnomasiga kiritilmagani va o‘rinbosarlar tarkibiga jo‘natilgan ko‘rsatilgan.

Bosh murabbiy Frank Xeyz tarkibdagi vaziyat haqida quyidagicha ma’lumot bergan bo‘lsa-da, Abduqodir Husanovning uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagani haqida ma’lumot bermagan.

- Salis Abdul Samed velotrenajyorda shug‘ullana boshladi, yuguryapti va tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda. U umumiy guruh mashg‘ulotlariga dushanba kuni qo‘shiladi.

Ele Vaxi ham hafta davomida ko‘p shug‘ullana olmadi. O‘yindan oldin umumiy mashg‘ulotlarda qatnasha oladimi yoki yo‘q, buni ko‘rib chiqamiz. 100 foiz tayyor bo‘lishiga umid qilamiz. Tarkibda ayrim noaniqliklar bor, - dedi Frank Xeyz.

Frantsiya futboli va “Lans” faoliyatini yoritayotgan ayrim manbalar, xususan, le11hdf.fr va lensois.com  saytlari asosiy tarkib o‘yinchisi hisoblangan Abduqodir Husanov o‘rinbosarlar jamoasiga o‘tkazilgani va “Mets” bilan o‘yin qaydnomasiga kiritilmaganini yozmoqda.

- Deyver Machado jarohatidan qutilib, safga qaytdi. Salis Abdul Samed esa, shikastlangani uchun uchrashuvda qatnasha olmaydi.

Abduqodir Husanov ham o‘yinni aniq o‘tkazib yuboradi. U shanba kuni o‘rinbosarlar tarkibidagi mashg‘ulotlarda qatnashishi belgilangan, - deb ma’lumot tarqatdi lensois.com  sayti jurnalisti Eloiza De Mester.

Aslida Abduqodir Husanovning asosiy tarkibdan chiqarilishiga va qaydnomaga kiritilmasligiga hech qanday asos yo‘q. Biroq, “Lans” rahbariyati O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi iltimosiga ko‘ra, Husanovni Qatarda bo‘ladigan 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogida ishtirok etish uchun O‘zbekiston terma jamoasi ixtiyoriga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgani haqida ma’lumotlar chiqa boshladi.

Hozircha bu xabarlar rasman tasdiqlanishi kutilyapti.

Eslatib o‘tamiz, Qatardagi Osiyo kubogi FIFA kunlaridan tashqarida tashkil etilayotgani bois, “Lans”, TsSKA va “Al-Vahda” mos ravishda Abduqodir Husanov, Abbosbek Fayzullaev va Hojimat Erkinovni yoshlar terma jamoasi ixtiyoriga qo‘yib yubormagani, biroq mutasaddilar bu klublar bilan muzokaralar o‘tkazayotgani ma’lum qilingandi.

“Osiyo kubogi U-23”da Fayzullaevning o‘rnini kim bosadi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Toshov Axmadjon
13/04/2024 01:44
Иби куйиб юборларинг булмаса булмайди