Tezkor: Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

  • 22 aprel, 2022, 07:42
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning og‘ir vazn toifasida faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz Bahodir Jalolov (10-0, 10 KO) o‘zining navbatdagi jangini 10 iyun kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahrida o‘tkazadi. 

Tecno

Probellum kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan boks oqshomida Jalolovga belgiyalik Jek Mulovayi (11-2-1, 7KO) raqiblik qiladi. Ushbu oqshom "Show Time" kanali orqali translatsiya qilinadi va Jalolov ishtirokidagi bahs markaziy jang bo‘lishi kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Jalolov 18 mart kuni Kamil Sokolovskini 5-raundda muddatidan oldin mag‘lub etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!