Tezkor! "Andijon" litsenziyalashdan o‘ta olmasligi mumkin

  • 31 mart, 2024, 05:58
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

"Andijon" jamoasi o‘zining yorqin o‘yini va muhlislari bilan ayni damda trendda bo‘lib turgan jamoa. Ammo hozirda klubni jiddiy muammo kutib turibdi. Bilasiz, har yili OFK litsenziyalashi o‘tkaziladi. Jarayonda moliyaviy masalalar juda jiddiy ahamiyat kasb etadi.  Klubning har qanday sobiq va joriy xodimlari, futbolchi va murabbiylari oldidagi qarzdorligi 31 martgacha bartaraf etilishi lozim. 

Tecno

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, shu kunlarda "Andijon"dan o‘z haqini talab qilib birdaniga bir nechta tashkilot va shaxslar OFKga murojaat qildi. 

Xususan, Armin Boshnyakning agenti klubga ushbu futbolchini olib kelib bergani uchun alohida to‘lovni talab qilmoqda. Shuningdek, Turkiyadagi klub yig‘in davomida joylashgan mehmonxona ham oradan 1 yil o‘tib, klubdan qarzini talab qilyapti. Shuningdek, Shahrom Samievning sobiq jamoasi "Milsami" ham "Andijon"dan transfer pulini so‘ramoqda. 

Qiziq jihati ularning barchasi ayni litsenziyalash jarayoni yakuniga etayotganda bir paytda bir xil uslubda OFKga murojaat qilishdi.

Bugun yakshanba ekanini inobatga olib, "Andijon" bu masalalarni hal eta oldimi yoki yo‘qmi, bunisi katta so‘roq ostidagi savol. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
M 1404
31/03/2024 06:43
Dunyodagi muxlislariga arzimedigon komanda
&
Shukirulloh
31/03/2024 06:03
Shunaqa malumotlarni ko‘proq yoritish kere, klublarni professional ishlashga majbur qiladi
Sherzod Ahmadjonov
31/03/2024 07:10
Chatoq boptiyu ozbekistonda muxlislik darajasini yangi bosqichga olib chiqqan muxlislariga achinasan xolos