Tez orada e’lon qilinishi mumkin bo‘lgan transferlar!

  • 29 iyul, 2023, 09:10
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Transfer bozorida ayni paytga kelib ko‘p xaridlar amalga oshdi. Jamoalar esa to‘xtash niyati yo‘q. Ular tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Ayniqsa, Saudiya klublari katta transferlarni amalga oshirishdan charchamayapti. Yaqindagina Mahrez, Xenderson kabi futbolchilar APLni tark etdi. Endi navbat Sen-Maksimen, Fabino kabi futbolchilarga keldi. Shuningdek, bir paytlar Premer-ligada "gullagan" Mane ham Saudiya chempionatida faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi. Biz esa sizga ushbu xaridlarni batafsilroq yoritib berishga harakat qilamiz. 

Tecno

Allan Sen-Maksimen - "Nyukasl".

"Nyukasl"dan APLning top klubiga o‘tishi kutilgan Sen-Maksimen boshqacha qaror qabul qildi. Unda Chempionlar ligasida o‘ynash imkoniyati ham bor edi. Ammo futbolchi Saudiya Arabistonida to‘p tepishni ma’qul ko‘rdi. Bundan 4 yil oldin "Nyukasl" vingerni "Nitstsa"dan 18 million evro evaziga sotib olgandi. Klub o‘sha paytlar Chempionshipga tushib ketmaslik uchun kurashar edi va bu kurashda Maksimenning hizmatlari katta bo‘ldi. Uning jarohat olishi va ozgina to‘pni qizg‘onishi eng katta kamchiliklaridan biri, deb qaraladi. Futbolchi kam gol uradi, kam assist amalga oshiradi. Ammo maydonda eng ko‘p mehnat qiladiganlardan edi. Allan "Al-Ahli" bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishib olgan. Uning transferidan klubi 30 million evro ishlab oladi. Boshida futbolchining yangi jamoaga o‘tishi amalga oshmasligi mumkinligi haqida xabar berishdi. Biroq hozir hammasi joyida. 26 yoshli farntsuz tez orada "Al-Ahli" a’zosi sifatida tanishtiriladi. "Nyukasl" esa Sen-Maksimenning o‘rniga "Lester"dan Xarvi Barnsni 44 million evroga sotib oldi. 

photo_2023-07-29_02-39-11_1

Fabino - "Al-Ittihod".

Mazkur transfer ham amalga oshmasligi mumkin edi. "Al-Ittihod" 40 million funtlik taklif bilan chiqdi, futbolchi bilan 3 yillik bitim borasida kelishib oldi. Tez orada rasmiy xabar chiqishi kutilayotgan bir paytda Angliyaning bir qator nashrlari braziliyalik Saudiya chempionatiga o‘ta olmasligi haqida mish-mish tarqatdi. Bunga sabab qilib uning itlari ko‘rsatildi. Ushbu mamlakatda uning itlarini boqish taqiqlangan. Ammo asl sabab boshqa edi. "The Athletic" nashri jurnalistlari to‘lov shartlarida muammo bo‘lganini aytdi. Bu xavfni bartaraf qilish uchun "Al-Ittihod" prezidenti Angliyaga etib keldi va hammasini hal qildi. Fabino "Al-Ittihod" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tib ham bo‘ldi. "Liverpul" uning o‘rniga "Sautgempton" vakili Romeo Laviani sotib olishga harakat qilmoqda. "Qizillar"ning ikkita taklifi rad qilindi, lekin ular narxni ko‘tarishga tayyor. 

Image

Sadio Mane - "An-Nasr".

O‘tgan mavsum "Liverpul"dan "Bavariya"ga o‘tgan Mane bu yozda yana jamoasini o‘zgartirmoqda. Bu safar u Ronaldu bilan bir tarkibda o‘ynash imkoniyatga ega bo‘lmoqda. Sadioning Germaniyaga tashrifi omadsiz bo‘ldi. Undan klub ko‘proq narsa kutgandi. Ammo mavsum oxirida bo‘lgan voqealar hujumchini ketishini tezlashtirib yubordi. Dastlab, Mane Evropada qolishni reja qilgandi. Ammo takliflar kelmagach, Saudiyani tanlashga qaror qildi. "Bavariya" va "An-Nasr" o‘rtasida muzokaralar o‘z nihoyasiga etish arafasida. Nemislar 37 million evrolik taklifni qabul qilgan. Futbolchi va riyodliklar o‘rtasidagi bitim ochiqlanmagan. Sababi, Mane jurnalistlardan ancha jahli chiqqan va ma’lumotlarni sir saqlashni istamoqda. Ammo shunisi aniqki, bu transfer ham tez orada rasman e’lon qilinadi. 

Rasm

 

 

Suhrob Xolbekov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Suxrobjon Bahodirov
29/07/2023 17:07
Mane ga omad