
Tez kunda, "Inter" Vidalni o‘z tarkibiga qo‘shib oladi
"Barselona" yarim himoyachisi Arturo Vidal "Inter" klubiga o‘tishga yaqin turibdi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar qilishicha, Italiya klubi transfer amalga oshishiga ishonmoqda va chililik futbolchi bilan 2022 yilgacha amal qiluvchi bitim imzolaydi. Futbolchining transferi ushbu haftada e’lon qilinishi kutilmoqda.
Avvalroq, Vidal "Barselona"dan shartnoma bekor qilinishi uchun 6 mln evro talab qilayotgani ma’lum bo‘lgandi. Shu qatorda, u milanliklar tarkibida yiliga 6 mln evro maosh olishi haqida xabarlar berilgan.
Yarim himoyachi o‘tgan mavsum La Ligada 33 ta bahs o‘tkazib, 8 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etgandi.
Fikrlar