Termizda o‘zbek jang san’ati bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bellashuvlari o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbek jang san’ati federatsiyasining yillik-taqvim rejasiga ko‘ra ayni paytda Termiz shahridagi "Surxon arena"sport majmuasida O‘zbek jang san’ati bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun 17 oktyabr kuni start olgan mazkur mamlakat kubogi bahslarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 800 nafarga yaqin sportchilar O‘zbek jang sana’tining "Bellashuv jang kurash" yo‘nalishi bo‘yicha musobaqada ishtirok etishmoqda.
Yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu O‘zbekiston kubogi musobaqasi 19 oktyabrgacha davom etadi.


.jpg)





Fikrlar