Termadan chaqiruv olgan futbolchiga MYu eshiklari ochildi

  • 5 dekabr, 2020, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” harchand urinmasin “Borussiya”dan Jeydon Sanchoni transfer qila olmayapti. Shu bois, Sulsher boshqa variantlarni o‘rganib chiqishga majbur bo‘lmoqda.

Tecno

“Lester” yarim himoyachisi Xarvi Barns barqaror o‘yini bilan Angliya terma jamoasidan joy oldi. Mamlakatning bosh jamoasida debyutini nishonlagan 22 yoshli yarim himoyachi “Manchester Yunayted” nishoniga aylandi.

Sulsherning skautlari bir necha oy davomida uni kuzatib kelayotgani ham ma’lum bo‘ldi. “Lester” iste’dodli o‘yinchisini 60 million funtga baholamoqda. Biroq, bu transfer qishda amalga oshmasligi aniq. Tomonlar bu borada yozgi transferlar mavsumida o‘zaro muzokaraga kirishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!