
Terma jamoani “Oltin to‘p” sohibi boshqarmoqchi
Italiya terma jamoasining sobiq sardori Fabio Kannavaro endi terma jamoani boshqarishi kutilmoqda, deb xabar berdi The Athletic nashri.
Terma jamoani boshqarib kelgan Luchano Spalletti 2026 yilgi jahon chempionati saralash turniri doirasida Norvegiyaga 0:3 hisobida yutqazilganidan keyin iste’foga chiqqan edi.
Mamlakatning bosh jamoasini boshqarish uchun Klaudio Raneri va Stefano Piola kabi mutaxassislar ham nomzod hisoblanadi.
Fabio Kanavvaro futbolchilik davrida “Napoli”, “Parma”, “Inter”, “Yuventus”, “Real” va “Al-Ahli”da o‘ynagan. 2006 yili Kanavvaro “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi.
Bu mutaxassis Xitoy, Saudiya Arabistoni, Italiya jamoalarida bosh murabbiylik qilgan. Oxirgi ish joyi “Dinamo Zagreb” hisoblanadi. Bu jamoada Kanavvaro 2024 yilning dekabridan 2025 yilning apreligacha faoliyat yuritgan.
Fikrlar