Terma jamoamizning Qatar va KXDRga qarshi uchrashuvlarini qaysi hakamlar boshqarib borishi e’lon qilindi

  • 29 oktabr, 2024, 11:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlarida JCh-2026 Osiyo mintaqasi 3-saralash bosqichi doirasida Qatar va KXDR terma jamoalariga qarshi safar uchrashuvlarida ishtirok etadi. Osiyo futbol konfederatsiyasi esa mazkur bahslarda ishlaydigan hakamlar haqida ma’lum qildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Qatar — O‘zbekiston uchrashuvida koreyalik hakamlar brigadasi faoliyat olib boradi. Bosh hakam — Kim Jongheok, unga qanotlarda yurtdoshlari Park Kyunyong va Jang Jongpil yordam beradi. To‘rtinchi rasmiy hakam — Chae Sangheop. VAR'da esa Kim Heegon faoliyat olib boradi. Uchrashuv 14 noyabr Toshkent vaqti bilan 21:15 da “Jassim bin Hamad” stadionida start oladi.

KXDRga qarshi safar uchrashuvi esa Laos poytxati Ventyan shahrida o‘tkazilishi belgilangan. Mazkur o‘yinda kuvaytlik hakamlar brigadasi ishlaydi. Bosh hakam — Ali Ali Ahmad, unga yurtdoshlari Alanezi Abdulhadi va Abbos Ahmad yordam beradi. To‘rtinchi rasmiy hakam — Ammar Ashkanani. VAR'da esa Abulloh Jamali faoliyat olib boradi. KXDR — O‘zbekiston uchrashuvi 19 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 17:00 da “Lao” stadionida boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
faxriddin bozorov
29/10/2024 12:09
Энди ҳақиқий синов бошланади. Термамиз шундан "омон" чиқса, ЖЧга чиқади
Исмаилов Бахтияр
29/10/2024 19:41
Битта Родри тўғрисида Спорт каналида бир соат 5 одам гап чайнашди! Бу қанақаси? Ким кўрган бўлса, айтсинчи, бошқа иш йўқми ё?