
Terma jamoamiz yig‘in doirasidagi ilk nazorat o‘yinini o‘tkazdi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh saralash uchrashuvlari oldidan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishgan. Yig‘in doirasidagi ilk bahs Turkmaniston terma jamoasiga qarshi kechdi.
Qo‘shni davlat vakillarining iltimoslariga binoan, yopiq tarzda o‘tkazilgan o‘yinda vakillarimiz 2:1 hisobida zafar quchdi.
Gollarga terma jamoamiz safida Otabek Shukurov va Odil Hamrobekov mualliflik qildi.
O‘zbekiston MTJ navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini Dubayda Avstraliyaga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar