Terma jamoamiz tarkibida yana bir yo‘qotish: Shavkatjon Boltaev Jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning to‘rtinchi kunidan 3 nafar vakillarimizning janglari o‘rin olgandi.
-67 kg bokschimiz Shavkatjon Boltaev va Mozambik vakili Osorio Muxanga jangi o‘z nihoyasiga etdi.
Ushbu bahs ham juda keskin tarzda start oldi. Dastlabki raundni raqib o‘z foydasiga hal qilgan bo‘lsa, 2-raundda charm qo‘lqop ustamiz ustunlikka erishdi. Hal qiluvchi - so‘nggi raundda esa Osorio ochkolar bo‘yicha g‘alabani ilib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir sportchimiz Xo‘janazar Nortojiev hamda Rukmal Podi (Shri-Lanka) qarama-qarshiligi kutib turibdi.



Fikrlar