Terma jamoamiz Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi

  • 13 sentabr, 09:26
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Tecno

Indoneziyada dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligi yakuniga etdi. Bugun o‘tkazilgan bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Oltin medal:
-90 kg: Jo‘rabek Eshpo‘latov
+90 kg: Alibek Durdiev
-70 kg: Intizor Uzakbaeva

Kumush medal:
-57 kg: Maftuna Ahmedova

Bronza medal:
-73 kg: Sa’dulla Ravshanov
-73 kg: Daulet Turdiyarov
-90 kg: Inomjon Bahodirov
-57 kg: Gulsanam Hazratqulova
-63 kg: Zuhra Umarova
+70 kg: Zarina Bobonazarova

Shu tariqa, mazkur yosh toifasida 7 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza medallarini jamg‘argan hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!