Terma jamoamiz ishtirok etadigan Jahon kubogi haqida batafsil bilib oling!

  • 30 mart, 11:03
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ushbu birinchilik World Boxing sha’feligida o‘tkazilayotgan bo‘lib, O‘zbekiston boks milliy terma jamoasi erkaklar jamoasi bilan ilk bor ishtirok etmoqda. Musobaqa erkaklar va ayollar o‘rtasida ham 10 ta vaznda bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Erkaklar: -50 kg, -55 kg, -60 kg, -65 kg, -70 kg, -75 kg, -80 kg, -85 kg, -90 kg, +90 kg.

Ayollar: -48 kg, -51 kg, -54 kg, -57 kg, -60 kg, -65 kg, -70 kg, -75 kg, -80 kg, +80 kg.

Bahslar 31 martdan 5 aprelgacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Jahon kubogiga 19 davlatdan 130 dan ortiq bokschilar tashrif buyurgan. Janglar, ishtirokchilar joylashgan Fos-du-Iguasu shahrining “Rafain Palace Hotel” mehmonxonasida tashkil etiladi. Bundan oldin ushbu mehmonxona Braziliya milliy boks chempionatlariga mezbonlik qilgan. 

Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!