Terma jamoaga 55 nafar futbolchi jalb qilindi

  • 7 mart, 14:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel xalqaro uchrashuvlarda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan 55 nafar futbolchi ro‘yxatini tuzdi.

Tecno

Bir hafta ichida germaniyalik mutaxassis 2026 yili bo‘ladigan jahon chempionati saralash musobaqasi doirasida Albaniya va Latviyaga qarshi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘radigan futbolchilar nomini ma’lum qiladi.

Daily Mirror nashri Tomas Tuxel yangi ishiga jiddiy kirishganini ma’lum qilmoqda. Tajribali mutaxassis o‘zi ro‘yxatga kiritgan 55 nafar futbolchining aksariyati bilan shaxsan suhbatlashib chiqqan.

Ko‘pchilik “Manchester Yunayted”dan haydalgan va “Marsel”ga o‘tganidan keyin yana porlay boshlagan hujumkor futbolchi Meyson Grinvudning ro‘yxatda yo‘qligiga e’tibor qaratdi. Ma’lum bo‘lishicha bu o‘yinchi xalqaro miqyosda Yamayka terma jamoasi sharafini himoya qilishni ma’qul topgan va o‘z qarorini rasman e’lon qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!