Terma jamoada o‘ynagan futbolchini o‘g‘rilab ketishdi

  • 6 dekabr, 2024, 15:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ekvador terma jamoasining sobiq himoyachisi Pedro Perlasa noxush voqeani boshdan kechirdi.

Tecno

El Comercio nashrining yozishicha, mahalliy “Delfin” klubida o‘ynayotgan futbolchini do‘sti bilan birga jinoiy guruh vakillari o‘g‘rilab ketgan.

 

Voqea Esmeraldas shahrida yuz bergan.

Jinoyatchilar 33 yoshli Perlasa va uning do‘stini uch kun davomida yashirib qo‘ygan va yaqinlaridan 80 ming AQSh dollari miqdorida pul talab qilgan.

Mamlakat politsiyasi tomonidan qidiruv-qutqaruv operatsiyasi o‘tkazldi. Odam o‘g‘rilari va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergan. Jinoyatlarni qo‘lga olish imkoni bo‘lmagan. Ular qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

Pedro Perlasa va uning do‘sti sog‘-salomat qutqarildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!