
Terma jamoa asosiy to‘puraridan ayrildi
Belgiya terma jamoasining etakchi hujumchisi Romelu Lukaku 2025 yilga qadar uni bezovta qilmasliklarini so‘radi.
Football Italia va La Gazzetta Dello Sport kabi manbalarning ma’lum qilishicha, tajribali forvard bor e’tiborini “Napoli”ga qaratadi.
31 yoshli futbolchi yozda “Napoli”ga ko‘chib o‘tganidan beri neapolliklarning safda asosiy figuraga aylanishga harakat qilmoqda. Lukaku yangi jamoada barcha turnirlarda oltita o‘yinda qatnashib, uchta gol va beshta assist qayd etdi.
“Napoli” Lukakuni olish uchun “Chelsi”ga 30 million evro to‘ladi. Romelu “aristokratlar” safiga 2021 yilning yozida 113 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.
Biroq belgiyalik futbolchi ikkinchi urinishida ham “Chelsi”ning asosiy tarkibiga kira olmadi va Italiya jamoalarida ijarada o‘ynab yurdi.
Lukaku Belgiya terma jamoasi safida 119 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 85 marotaba ishg‘ol qilgan.
Fikrlar